Poytaxtimizda “Travmatologiya va ortopediyada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslari va amaliy natijalari”ga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Anjuman yalpi majlisi va seksiyalarida 170 dan ortiq ma’ruza taqdim etilmoqda. Unda O‘zbekistondan 200 nafar mutaxassis va xorijiy davlatlardan 150 dan ziyod delegat qatnashyapti.

Shuningdek, konferensiya doirasida yetakchi mutaxassislar ishtirokida umurtqa pogʻonasi, qo‘l-oyoq, chanoq va yirik bo‘g‘imlarga oid yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.